O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida yurtdoshlarimiz qaysi mamlakat bokschilariga to‘qnash keladi?

  • 17.10.2019 11:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

BAAning Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga etib keldi.

Bugun chempionat doirasida final janglari tashkil etiladi. Kecha xabar berib o‘tganimizdek, hal qiluvchi janglarda 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

(O‘g‘il bolalar)

-57 kg: Bilolbek Ixvolov - Erasil Ermek (Qozog‘iston)

-60 kg: Bekzod Bekmurodov - Abzal Serik (Qozog‘iston)

-63 kg: Azizbek Tojiev - Yogesh Kagra (Hindiston)

-70 kg: Login Petrov - Rahul (Hindiston)

-75 kg: Nusratbek Tohirov - Pu Yang (Xitoy)

+80 kg: Jahongir Zokirov - Argen Baktibekov (Qirg‘iziston)


(Qizlar)

-48 kg: Sabina Boboqulova - Tamanna (Hindiston)

-50 kg: Feruza Kazakova - Lanping Deng (Xitoy)

-52 kg: Nigina O‘ktamova - Tannu (Hindiston)

-60 kg: Mohira Ahmedova - Priti Dahiya (Hiniston)

-63 kg: Aziza Zokirova - Hushi (Hindiston)

Janglar mahalliy vaqt bilan 12:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00) da boshlanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!