
U-17 JCh. Ilk chorak finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Ekvador - Braziliya uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Dastlab, Estevao 14-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Bermudes imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 71-daqiqada esa Estevao braziliyaliklarni oldinga olib chiqdi. So‘nggi daqiqalarda Luigi uchrashuvga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, Braziliya chorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar