
Viktoriya Azarenko "BNP Paribas Open"ni g‘alaba bilan boshladi
Belaruslik Viktoriya Azarenko va Vera Lapko AQShning Indian-Uellse shahrida o‘tayotgan musobaqada o‘zaro raqobatlashdi.
Viktoriya ushbu uchrashuvda raqibi ustidan 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Endi "BNP Paribas Open" turnirining ikkinchi davrasida Azarenko amerikalik Serena Uilyamsga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar