"Zenit" futbolchisi "A" Seriyaga o‘tishga yaqin turipti

"Zenit" yarim ximoyachisi Emiliano Rigoni "Sampdoriya" jamoasiga o‘tishga yaqin turipti.

Avvalroq, italiyaliklar futbolchini ijaraga olish taklifi bilan chiqishgan edi. Sankt-Peterburg jamoasi bu taklifni qabul qildi. Faqat sotib olish huquqi bilan ijaraga berish shartini qo‘yishmoqda.

Tomonlar o‘zaro muzokaralarni davom ettirmoqda va ma’lum bo‘lishicha, jamoalar kelishuvga erishishga yaqin turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!