Hakamlar Mourinoning aqlini kiritib qo‘ymoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 
Angliya chempionatida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino va hakamlar o‘rtasidagi mojarolar kuchayib ketmoqda.
 
"Manchester Yunayted"ning 13-turda "VestXem"ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvining 27-daqiqasida Mourino hakam qaroriga norozilik bildirib, maydonga suv idishini ortda va yordamchi hakamga o‘z fikrlarini keskin ohangda bildirdi. Shundan so‘ng uchrashuvni boshqarayotgan Jonatan Moss portugaliyalik mutaxassisga qizil kartochka ko‘rsatdi.
 
Ayni paytda Joze Mourino Angliya futbol uyushmasiga bo‘lgan voqeani izohlashi uchun 1 dekabrgacha muddat berilgan. U ikki o‘yinga chetlatilishi mumkin. Biroq, taniqli hakam Grem Poll Jozega og‘irroq jazo berib, uni olti o‘yinga chetlatishni taklif qildi.
 
- Hakam Moss to‘g‘ri qaror qabul qildi, - deydi Grem Poll. - Hakamning qarorlariga hurmat bilan munosabat qilish kerak. Angliyada hakamlar Mourinoning hurmatsizlarcha munosabatiga ko‘p duch keladi. Moss o‘tgan mavsumda ham Mourinoni chetlatgan edi. Olti o‘yinlik diskvalifikatsiya Mourinoning aqlini kiritib qo‘yadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!