15 yil oldin Shirer qayd etgan natijani Lukaku takrorladi

  • 21 fevral, 2020, 02:18
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" forvardi Romelu Lukaku Evropa Ligasining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Ludogorets" (2:0) ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.

Belgiyalik hujumchi uchrashuvning 90+5-daqiqasida penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shu bilan, Lukaku Evropa Ligasidagi so‘nggi 6 ta o‘yinidan buyon gol urmoqda.

Bir narsani qayd etish joizki, Lukaku avvalgi 5 ta bellashuvnin 2014/15 yillari "Everton" safida o‘tkazgandi. Shundan buyon, u musobaqada maydonga tushmagan edi.

So‘nggi marotaba 2005 yili Alan Shirerga golli o‘yinlar seriyasini namoyish etish nasib etgandi. U "Nyukasl" safida ketma-ket 8 ta bahsda gol urgan. U paytlarda, turnirning nomi UEFA Kubogi deb atalardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!