
16 kunda 2 marta logotip almashtirgan "Neftchi"ning taqdimot marosimi joyi 3 kunda 2 marta o‘zgardi
"Neftchi" futbol klubining yangi mavsum oldidan o‘tkazadigan taqdimot marosimi sanasi va joyi ikkinchi marta o‘zgardi. Dastavval klub marosim 5 mart kuni Qirgulidagi "Neftchi" madaniyat saroyida soat 10:00da boshlanishini ma’lum qilgan edi.
Kecha klub matbuot xizmati "Neftchi" madaniyat saroyida "ba’zi bir texnik nosozliklar yuzaga kelgani" bois "tadbirni ko‘ngildagidek va to‘liq reja asosida o‘tkazish maqsadida" marosim manzili boshqa joyga ko‘chirilganini e’lon qildi.
Bugun esa "ko‘p sonli tomoshabinlar taklifiga binoan" bu manzil ham o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, marosim bugun, 5 mart kuni soat 18:00 da Islom Karimov nomidagi Teatr va san’at saroyida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ilgariroq, farg‘onaliklar 16 kunda 2 ta logotip o‘zgartirgan edi.
Fikrlar