
19 yoshli frantsiyalik futbolchi Milan grandlarining e’tiboriga tushdi
"Milan" va "Inter" klublari "Bordo" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni uchun kurash boshlashdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Milan grandlari 19 yoshli frantsuzni Evropa futbolining bo‘lajak yulduzlaridan biri deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tchuameniga “Bavariya”dan ham qiziqishlar majudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Tchuameni joriy mavsum “Bordo” safida 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar