
19 yoshli tennischi 20 kunda 2-bor yarim finalda!
19 yoshli italiyalik Yannik Sinner ajoyib natija qayd etmoqda.
Gap shundaki, Yannik Sinner Sofiyadagi turnirning chorak final bosqichida avstraliyalik Aleks de Minaurni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Bu uning 20 kun ichidagi ikkinchi yarim finali hisoblanadi. Avvalroq, italiyalik raketka ustasi "Bett1 Hulks Championship" turnirining finali ostonasida Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqqandi.
Endi Sinner Bolgariyadagi musobaqada final yo‘llanmasi uchun frantsiyalik Andrey Mannarino bilan munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Fikrlar