
2 daqiqada 2ta gol urgan "Metallurg" g‘alabani "Andijon"dan tortib oldi
O‘zbekiston Superligasi 18-turi doirasidagi "Andijon" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Usmonali Ismonaliev 73-daqiqa urgan goli bilan hisobni ochdi. Bunga bekobodliklar 87 va 89-daqiqalarda Temirov hamda Nagaev tomonidan kiritilgan gollar evaziga javob qaytardi.
Ushbu g‘alaba natijasida "Metallurg" ochkolari sonini 19 taga etkazib olgan holda, onlayn jadvalda 10-o‘ringa ko‘tarildi. So‘nggi pog‘onadagi "burgutlar" 12 ochko jamg‘argan.
Fikrlar