2 nafar para suzuvchimiz Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

  • 20 iyun, 2022, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

9-20 iyun kunlari Portugaliyaning Madeyra shahrida para suzish bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Quvonarlisi, ushbu dunyo birinchiligida 2 nafar para suzuvchimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo‘jaev 53.33 soniya natija bilan marraga 2-bo‘lib etib keldi va kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu klassda 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Islam Aslanov 56.94 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib etib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Matonatli para suzuvchilarimiz 22 iyun kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!