
2 ta futbolchi qishda "Arsenal"dan ketmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachilari - Ensli Meytlend-Naylz va Muhammad El-Nenni jamoadan ketmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, har ikkala futbolchi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganidan norozi va shu sababli, ular qishki transferlar davrida boshqa jamoaga o‘tmoqchi. O‘z navbatida "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta esa ularning ikkalasini ham tarkibda saqlab qolishni xohlamoqda.
29 yoshli misrlik El-Nennining “Arsenal” bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. 24 yoshli angliyalik Meytlend-Naylzning kelishuvi 2023 yilga qadar imzolangan.
El-Nenni joriy mavsum APLda bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. Meytlend-Naylz bu mavsum premer-ligada hozircha 5 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar