
2016 yili Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratgan hozirgi O‘zbekiston U-23 jamoasida kimlar bor?
Bilasizmi: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining hozirgi avlodi 2016 yilda Bahraynda bo‘lib o‘tgan U-19 Osiyo chempionatida Avstraliyani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
O‘sha paytdagi 8 futbolchi hozirgi O‘zbekiston U-23 safida to‘p tepmoqda. Avstraliyada esa bu ko‘rsatkich 2 tani tashkil qiladi.
18.10.2016. Halifa stadioni, Manama
O‘zbekiston U-19 - Avstraliya U-19 3:2
Gollar: Bobir Abdixolikov 29, Doston Ibragimov 40, 46, Liam Yuli penalti 63, Tarik Mayya penalti 90+3
O‘zbekiston: Umidjon Hamroev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Kobilov (56), Xushnudbek Avilov, Azizjon G‘aniev, Jasurbek Yaxshiboev (Sayidjamol Davlatjonov 84), Bobir Abdixolikov (Javohir Esonqulov, 69), Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Jamshid Yusupov, Doston Ibragimov (Shohruh Mahmudhojiev 82)
Avstraliya: Uilyam Much, Tomas Deng, Jekson Bandiera, Liam Rouz (Entoni Kalik, 46), Mario Shabou, Tomas Glover, Jorj Blekvud, Jozef Champness, Stiv Kuzmanovskiy (Jeyden Prasad 16), Jordj Timoteu (Tarik Mayya 67), Liam Yuli
Fikrlar