Arda Turan – EChL 6-turining eng yaxshi futbolchisi
“Barselona”ning turkliyalik xavbeki Arda Turan EChL 6-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Turan “Borussiya M” klubiga qarshi (4:0) o‘yinda xet-trik muallifi bo‘lgandi. So‘rovnomada ovoz berganlarning 58% aynan uning nomzodini qo‘llab-qo‘lladi.
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 17% bilan ikkinchi o‘ringa loyiq bo‘ldi. U “Atletiko” bilan o‘yinda yagona goli bilan myunxenliklarga g‘alaba keltirgandi.
“Dinamo Kiev” a’zosi Andrey Yarmolenko 8% bilan uchinchi o‘rinni egalladi. “Beshiktosh”ga qarshi (6:0) uchrashuvda ukrainalik futbolchi 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Karim Benzema (“Real”), Andre Silva (“Portu”), Lukas Peres (“Arsenal”), Gonsalo Iguain (“Yuventus”) va Xarri Keyn (“Tottenxem”) egalladi.



Fikrlar