
2027 yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun faqat bitta nomzod qoldi
Futbol bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Hindiston va Saudiya Arabistoni nomzodi ilgari surilgandi. Mazkur yig‘ilish 2022 yil 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgandi.
Biroq Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Butun Hindiston futbol federatsiyasi (AIFF - All India Football Federation) arizani qaytarib olganini ma’lum qildi.
Shu tariqa, 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan 19-Osiyo kubogini o‘tkazish uchun faqatgina Saudiya Arabistoni varianti qoldi.
Fikrlar