Yulian Draksler ortiq “Volfsburg”da o‘ynamaydi

Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler “Bavariya”ga qarshi Bundesliga navbatdagi tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Sababi muarbbiylar shtabi uni ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.

Futbolchi o‘zini transferga qo‘yish borasidagi so‘rovlari bilan klub rahbariyati tinch qo‘ymagan, shuning uchun “bo‘rilar” u bilan yanvardayoq xayrlashmoqchi.

“Volfsburg” Drakslerni 2015 yil avgustida “Shalke 04”dan 35 mln evroga xarid qilgan va qishki transferlar vaqtida ushbu mablag‘ni qoplash maqsadida shundan kamiga futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!