21 yoshli fubolchining narxi grand klublarni qo‘rqitib yubordi

  • 28 yanvar, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni qo‘lga kirita olmayapti. Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan ekvadorlik futbolchining xaridori ko‘payib ketdi.

Asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilgan “Chelsi” futbolchi uchun 55 million funt taklif qilib, rad javobini oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Brayton” o‘z etakchisini 100 million funtga baholamoqda. Transfer mutaxassislari bu summa sun’iy oshirilganini va klub shu orqali o‘yinchisini saqlab qolmoqchi ekanini ta’kidlamoqda.

Avvalroq, xuddi shu usuldan “Benfika” foydalangan edi. Lissabonliklar jahon chempioni Entso Fernandesni so‘ragan jamoalardan 105 million funt talab qilib, ularning harakatini to‘xtatgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!