
3 yilda ilk bor termaga chaqirilgan Vilya jarohat oldi
AQShning “Nyu-York Siti” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi David Vilya bugun “qizil furiya”ning mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi.
“Marca” xabariga ko‘ra, 3 yilda ilk bor terma jamoaga chaqirilgan forvard Italiya bilan bahsdan so‘ng o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jarohat oldi.
Shu bois, u Lixtenshteynga qarshi kechadigan bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Yakuniy xulosa esa tibbiy tekshiruv natijasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar