Ilhom Sharipov: Yangi mavsum tayyorgarligini 15 dekabrdan boshlaymiz

  • 12.11.2016 17:46
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

“Xotira-79” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Sharipov o‘yin borasida va jamoaning keyingi rejalari haqida to‘xtaldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

- Oliy Ligaga chiqish vazifasini muddatdan oldin bajarganimiz uchun bugun imkonqadar o‘yin amaliyoti kamroq bo‘lgan futbolchilarga imkon berdik. Jamoa o‘yinidan to‘liq qoniqdim. Futbolchilarimiz yaxshi o‘yin namoyish etib, yirik hisobda g‘alabaga erishishdi. Mavsumning yakuniy qismini yuqori kayfiyatda yakunlashimiz muhim edi, - deydi murabbiy.

- Birinchi Liga bahslari yakuni bilan barcha muxlislarimiz, futbolchilar, klub rahbariyati va barcha xodimlarini chin dildan tabriklayman. Jamoaga bir oylik ta’til e’lon qildik. Endi 15 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Oliy Liga bahslariga puxta tayyorgarlik rejasi bilan kirishamiz. Oldimizdagi vazifani bajarish uchun butun jamoa – futbolchilar, murabbiylar shtabi, klub xodimlari barcha-barcha o‘zinng salmoqli hissasini qo‘shdi. Barchaga minnatdorchilik bildirib qolaman, - deya fikrini yakunladi Ilhom Sharipov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!