“Barselona” Suares muzokaralarni yakunlash arafasida

CHERY AUTO

“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares jamoa bilan shartnomasini uzaytirish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Barselona”ning urugvaylik futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish haqida xabarlar sentyabr oyi boshida ma’lum bo‘lgan edi. Shu vaqtgacha katalon klubi Xaver Maskerano, Serxio Buskets va Neymar bilan shartnomani uzaytirishga erishdi.

“Shartnomamni uzaytirish borasida ishlar to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Ular bu ishni yakunlash arafasida turishibdi. Hozir men har doim orzu qilgan jamoa a’zosiman”, – deya Suaresning so‘zlarini keltiradi Football Espana nashri.

Suares bu mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 16 uchrashuvda maydonga tushib, 11 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan. 29 yoshli hujumchining “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yil o‘rtasigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!