
43 yoshli Buffon xorijga ketmoqchi
“Yuventus”dan ketganidan keyin o‘zining ilk professional klubi – “Parma” sharafini himoya qila boshlagan Janluiji Buffon 43 yoshga to‘lganiga qaramay, hali faoliyatini yakunlash niyati yo‘qligini bildirdi.
- Men Meksika va AQSh chempionatida ham o‘ynashni istayman. Bu meni bir tajribadan o‘tkazib ko‘rishim kerak.
Kelajakda nima bilan shug‘ullanishimni so‘rasangiz, aniq javob bera olmayman. Chunki murabbiylik qila olamanmi yoki yo‘q, buni o‘zim ham bilmayman. Hozirgi maqsadim o‘z ustimda ko‘proq ishlash, - dedi Janluiji Buffon.
“Yuventus” tarixidagi eng kuchli darvozabon o‘z yurtidan tashqarida PSJ sharafini himoya qilgan.
Fikrlar