
5 yil "Qo‘qon-1912" klubi sharafini himoya qilgan futbolchi "Andijon"da
Bir necha kun avval "Qo‘qon-1912" klubi yarim himoyachi Suhrob Berdiev jamoani tark etganini xabar bergandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi "Andijon" jamoasi safiga borib qo‘shilgan. Berdiev bugun jamoaning Farg‘ona viloyati "hokim kubogi-2022" turnir doirasidagi "Navbahor-1"ga qarshi bahsida maydonga tushgan.
Suhrob Berdiev 2016 yili "shunqorlar" safiga kelib qo‘shilgan. O‘tgan mavsum u 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar