6 nafar kurashchimiz Qozog‘istondagi musobaqada ishtirok etishadi

25-26 may kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida yunon-rim kurashi bo‘yicha yirik musobaqalardan biri bo‘lib o‘tadi. B.Turlixanov xotira turniri maqomida o‘tadigan mazkur musobaqada Osiyo va Evropaning sara klassik kurash ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqada terma jamaomiz 6 nafar kurashchi bilan ishtirok etadi. Tarkibimiz quyidagicha:
-60 kg: Feruz To‘xtaev
-60 kg: Islom Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshilloev
-67 kg: Mirzobek Rahmatov
-77 kg: Jalgas Berdimuratov
-97 kg: Jahongir Turdiev
Murabbiy: Ravshan Ro‘ziqulov

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!