
9 ta o‘yinchidan qutilgan superklub 6 futbolchini transferga qo‘ydi
Angliya Premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgagn “Chelsi” yozgi transferlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.
Yangicha formatda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan Entso Mareska jamoasi yozda olti nafar yangi o‘yinchi oldi. Tarkib Jeymi Gittens, Joao Pedro, Liam Delap, Yorrel Xato, Estevao Villian va Dariu Essugu bilan kuchaytirildi.
The Mirror nashrining yozishicha, “aristokratlar” ortiqcha o‘yinchilardan qutilish maqsadida yana olti nafar futbolchini transferga qo‘ydi. Ular tez orada “Stemford Bridj”ni tark etishi talab etiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi”ga bundan buyon Nikolas Jekson, Kristofer Nkunku, Ben Chiluell, Aksel Disasi, Raxim Sterling va Renatu Veyganing xizmati kerak bo‘lmaydi. Bu o‘yinchilarning aksariyati yaqinda jamoaning asosiy figuralari edi.
“Chelsi” yozda to‘qqizta futbolchini qo‘yib yuborgan edi. Entso Mareska talabiga javob bermagan Noni Madueke, Kepa Arrisabalaga, Kirnan Dyusberi-Xoll, Joau Feliks, Lesli Ugochukvu, Armando Broya, Jorje Petrovich, Markus Bettinelli va Matis Amugu boshqa klublarga o‘tib ketdi.
Ayni paytda klub mutasaddilari yana ikkita o‘yinchini olish bo‘yicha ish olib bormoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Chelsi”ga “Manchester Yunayted”dan Alexandro Garnacho va “Leyptsig”dan Xavi Simons kelishi kutilyapti.
Fikrlar