APL. “Arsenal” markaziy o‘yinda “MYu”ni taslim qildi
Angliya chempionati 36-turida “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilari bilan o‘zaro kurash olib bordi.
Kurashlarga boy kechgan bellashuvda “to‘pchilar” 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinning 54-daqiqasida Granit Jaka tomonidan yo‘llangan zarba Ander Erreraga tegib, De Xea darvozasiga kirdi.
Oradan atigi 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Danni Uelbek hisobni oshirdi va o‘yinga yirik nuqta qo‘ydi. Shu tariqa “Arsenal” zafar quchib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Jaka, 2:0 – 57 Uelbek.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Gibbs, Xolding, Remzi, Oksleyd-Chemberlen (Belerin, 84), O‘zil, Jaka (Koklen, 76), Sanches, Uelbek (Jiru, 84).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Darmian, Tuanzebe, Smolling, Mxitaryan (Lingard, 61), Kerrik, Errera (Reshford, 63), Mata (Maktomini, 84), Marsyal, Runi.
Ogohlantirish: Koselni (67).

Fikrlar