APL. "Vest Xem" "Sautgempton"dan ustun keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Unda "Sautgempton" hamda "Vest Xem" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. "Sent-Meri" stadionida kechgan uchrashuvda "bolg‘achilar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

50-daqiqada Neytan Redmond hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Felipe Anderson muvozanatni tikladi. 59-daqiqada esa yana o‘sha tinib-tinchimas Anderson g‘alaba to‘pini kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Vest Xem" hisobidagi ochkolar soni 27 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 15 ochksoi bor "Sautgempton" esa 16-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!