
APL klubi "Milan" xavbeki uchun 60 million to‘lamoqchi
«Milan» klubi xavbeki Frank Kessi «Vulverxempton»ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra APL klubi 21 yoshli futbolchi uchun “rossonerilar”ga jami 60 million evro (shundan 20 millioni bonus) taklif qildi.
Aytish lozimki, Kessiga shuningdek “Atletiko” Madrid ham qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, “matraschilar” hozircha bu borada rasmiy taklif yuborishmadi.
Ma’lumot uchun, Kessi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar