APL tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan

  • 30.10.2018 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha “Manchester Siti”  APLning 10-turi doirasida “Tottenxem” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa “shaharliklar” premer-liganing dastlabki 10ta turidan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “Chelsi” va “Liverpul”ga tenglashib oldi.

Opta nashri tarqatgan xabarga qaraganda Angliya premer-ligasi tarixida ilk bor 3ta jamoa mavsumning dastlabki 10ta turida mag‘lub bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha “Manchester Siti” va “Livrpul” 26 ochkodan to‘plagan holda 1- va 2-o‘rinni bo‘lishib turishibdi. Hisobida 24 ochko bo‘lgan “Chelsi” esa mos ravishda kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!