
APLga chiqish uchun pley-off. "Midlsbro"ga yutqazmagan "Aston Villa"hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etadigan bo‘ldi
Kecha Chempionship jamoalari orasida premer-liga yo‘llanmasi uchun o‘tkazilayotgan pley-offning “Aston Villa” hamda “Midlsbro” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yin garchi 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsada, dastlabki o‘yinda qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alaba tufayli “Aston Villa” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular finalda “Fulxem”ga qarshi bahs olib borishadi.
“Aston Villa” – “Midlsbro” 0:0 (0:0, 0:0)
15 may «Villa Park»
“Aston Villa” – Djonston, Chester, Xatton, Bri, Terri, Xurixeyn (Uelan, 85), Edinak, Grilish, Snodgrass, Adoma (Byarnason, 90), Grebben (Kodjia, 79).
“Midlsbro” – Rendolf, Gibson, Frend, Shotton (Fabio, 82), Fray, Beshich, Kleyton, Traore, Xauson (Jested, 73), Dauning, Assombalonga (Bemford, 68).
Ogohlantirishlar: Frend (13), Snodgrass (34), Xatton (45), Grilish (60), Beshich (80), Djonston (87).
Fikrlar