Abbos Rahmonov yoshlar o‘rtasida ham Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

BEPUL PROPAN

Hindiston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati ham nihyasiga etib bormoqda. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Musobaqalarga kirishgan erkin kurashchilarimiz ayni pallagacha qator medallarini naqd qilib qo‘yishdi. Bugun 61 kg.gacha toifada gilimga chiqqan Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Abbos Rahmonov hech qaysi raqibiga imkoniyat qoldirmadi va yutuqlari orasiga yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, birozdan so‘ng 125 kg.da Hasanboy Rahimov finalda eronlik raqibiga qarshi bellashsa, 86kggacha toifada Rustam Shodiev bronza medali uchun kurashadi.

Bungacha 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan G‘ulomjon Abudllaev qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -79 kg vazn toifasida Muhammadrasul Rahimov terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!