
Abu Dabida Osiyo Kubogi – 2019ga bag‘ishlangan seminarning ikkinchi kuni nihoyasiga etdi
Bugun seminarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Kun davomida yig‘ilish ishtirokchilari bir qator masalalarni muhokama qildilar. Milliy terma jamoalarning shifokorlariga bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, ularning BAAning issiq iqlimiga tezroq moslashishlari yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi. Shuningdek, doping futbolchilar uchun tuzilgan taomnomalar, matbuotga aloqador bo‘lgan press konferentsiyalar hamda mikst zonalarni tashkil etish, mashg‘ulotlar o‘tkazish tartiblari hamda ushbu mashg‘ulotlarning jurnalistlar uchun 15 daqiqasi ochiq bo‘lishi, chipta masalalari, marketing masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan yig‘ilishning seminar qismi nihoyasiga etdi. Ertadan boshlab terma jamoalarning vakillari o‘yinlar o‘tkaziladigan shaharlarga borib u erdagi shart-sharoitlar, jamoalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, stadion hamda mehmonxonalarni o‘rganib chiqadilar.
Fikrlar