
Afrika Kubogi. Jazoir “yulduzli tarkib” bilan guruhda qolib ketdi
Afrika Millatlar Kubogi “B” guruhi 3-turida Senegal terma jamoasi Jazoirga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina qiziqarli va kurashlarga boy o‘yinda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi va Senegal 7 ochko bilan guruh peshqadami sifatida chorak finalga chiqdi.
“Yulduzli” tarkibga ega bo‘lgan Jazoir termasi esa kutilmaganda guruhda qolib ketdi. Avvalroq ushbu guruhdan 2-o‘rin bilan Tunis termasi chorak finalga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “A” guruhidan Kamerun va Burkina-Faso terma jamoalari chorak finalga yo‘l olgandi.
Senegal – Jazoir 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 10 Slimani, 1:1 – 43 Diop, 1:2 – 52 Slimani, 2:2 – 53 Sou.
Senegal – Ndiay, Ture, Mboji (Dediu, 70), Siss, Sarr, Ndiaye (Guye, 78), Diop, Ndoye, Diame, Konate (Keyta, 90), Sou.
Jazoir – Assela, Mandi, Gulyam, Mefta, Kadamuro-Bentaiba, Xanni (Gezzal, 83), Bentaleb, Mahrez, Gediura, Braimi, Slimani (Buneja, 80).
Ogohlantirishlar: Gulyam (39), Bentaleb (39), Braimi (44), Kadamuro-Bentaiba (58), Dediu (74).
Fikrlar