Agar Xesus Navas “Roma”ga o‘tsa qancha maosh oladi?
Avval xabar berganimizdek Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Xesus Navas faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Talksport nashrining xabar berishicha Rimning “Roma” klubi 31 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan va unga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Agar Navas ushbu kelishuvni imzolasa, u holda futbolchi “bo‘rilar”dan yiliga 3 mln evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum Angliya premer-ligasida 19ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bu futbolchiga shuningdek “Sevilya” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar