Aleksandr Zverevning g‘alabasiga bir qadam qolgan edi

Germaniyalik Aleksandr Zverev "BNP Paribas Open - 2018" turnirining ikkinchi davrasida portugaliyalik Joao Sousga qarshi kortga chiqdi.

Uch set davom etgan uchrashuvda Sous birinchi setni 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, ikkinchi setda 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda Zverevga omad etishmadi va 4:6 hisobida engildi.

Shu tariqa Indian-Uells musobaqasining uchinchi davrasida Sous kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!