Alirizo Mansurian: “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda bor imkoniyatimizni ishga solamiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

11 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. “Temiryo‘lchilar” 4-tur bahsida Eronning “Istiqlol” klubini qabul qiladi.

Bugun an’anaga ko‘ra, har ikki jamoa vakillari va OAV xodimlari o‘rtasidagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Alirozi Mansurian va jamoa etakchilaridan biri Omir Ibrohim ishtirok etdi.

– Hammaga salom. Ertaga yaxshi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. “Lokomotiv” yaxshi jamoa. Bu jamoaning o‘yinini Tehronda ham ko‘rganmiz, lekin bor imkoniyatni ishga solib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Umuman o‘yin chiroyli bo‘lib o‘tadi, deb o‘ylayman.

– “Lokomotiv”ning kuchli va ojiz nuqtalari haqida?

– Jamoaning kuchli tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsam, avvalo bu tajriba bilan bog‘liq. Tarkibda bir qator kuchli futbolchilar bor, Xususan Temur Kopadze maydon markazida ajoyib harakat qiladi va katta hajmdagi ishni bajaradi. Kuchsiz tomonlari haqida professional murabbiy sifatida biror narsa deya olmayman, – deydi Alirozi Mansurian.

Omir Ibrohim: “Ikkala jamoa yaxshi sport formasiga va yaxshi tarkibga ega. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz. Bunda o‘z imkoniyatlarimizni ishga solib, ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz”.

Ealtib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Istiqlol” bahsi ertaga soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!