
Alisson: "Liverpul"ni Neapolda qiyin uchrashuv kutmoqda
“Liverpul” klubi darvozaboni Alisson Beker Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan safar uchrashuvi oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash hamisha qiyin bo‘lgan. PSJ ustidan qozonilgan g‘alaba esa bizga ishonch bag‘ishladi. Biroq, oldinda bizni boshqa bir qiyin uchrashuv kutib turibdi. Shu bois biz yana xuddi mavsum startidagidek xohish-istak bilan maydonga tushishimiz kerak”, - deydi braziliyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Liverpul” bahsi 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar