
Allegri: Biz muhim bo‘lmagan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL doirasida "Yuventus"ning "Manchester Yunayted"ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatganiga qaramay mag‘lubiyatga uchradik. Tan olish lozim, "Yuve" xujumlarni ohiriga etkazishni uddalashi borasida mehnat qilishi darkor.
Fellaynining maydonga tushganidan so‘ng standart vaziyatlarni tashkillashtirish uchun raqibga imkoniyat yaratib bermasligimiz kerak edi, biroq "Manchester Yunayted" bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi.
Shunga qaramasdan, guruhda etakchilikni qo‘lga olganmiz. O‘ylashimcha, bu mag‘lubiyatdan katta tajriba ortirdik. Aytib o‘tish joizki, "Yunayted" APLda ham bir nechta uchrashuvlarda 80 daqiqa hech nima ko‘rsata olmay, ohirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.
Jamoani yaxshi o‘yin ko‘rsatkanliklari bilan tabriklayman, biroq g‘alaba uchun bu etarlimas. Krishtianu Ronalduning goli hammani ajablantirdi, biroq yuzaga kelgan hamma imkoniyatdan foydalanish kerak edi.
Qizig‘i shundaki, biz muhim bo‘lmagan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik, - dedi Allegri.
Fikrlar