
Amerikalik xokkeychilar to‘rtinchi marotaba dunyoda tengsiz bo‘lishdi
26-dekabr-5 yanvar kunlari Kanadada xokkey bo‘yicha 20 yoshdan kichik futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 10 mamlakatidan kelgan iqtidorli shayba ustalari o‘rtasida o‘tkazilgan kurashlarda. AQSh vakillari chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ikkinchi o‘rin kanadaliklarga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni yakunlash Shvetsiya ustidan 1-2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgan Rossiya vakillariga nasib etdi.
Final
AQSh U-20 – Kanada U-20 – 5:4
0:1 – 4 Shabo (Jozef, Barzel)
0:2 – 9 Lozon (Stivens)
1:2 – 23 Makevoy (Foks, Grinuey)
2:2 – 29 Bellouz (Tompson, Foks)
2:3 – 41 Rua (Djost, Bin)
2:4 – 44 Jozef (Shabo, Makleod)
3:4 – 44 Bellouz (Makevoy)
4:4 – 47 Uayt (Keller, Foks)
Uchinchi o‘rin uchun bahs
Shvetsiya U-20 – Rossiya U-20 – 1:2
0:1 – 21 Kaprizov (Rikov, Vorobev)
1:1 – 30 Dalen
1:2 – 61 Guryanov
Darvozabonlar: Sandstrem 24/26 – Samsonov 38/39.
Qayd etish joiz, AQSh o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba ushbu yosh toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionati: Hisobda ikki bor oldinda borgan ruslar baribir AQShga yutqazdi
Jahon chempionati: Yarim finalda Rossiya va AQSh to‘qnashuvi bo‘ladi
Fikrlar