Ana xolos! Buffon PSJdagi debyut uchrashuvida 2ta to‘p o‘tkazib yubordi va jamoasining mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi
Yaqindagina PSJ safiga kelib qo‘shilgan italiyalik darvozabon Janluiji Buffon bugun Frantsiya 3-divizionida ishtirok etuvchi “Shambli” klubiga qarshi o‘tkazilgan nazorat bahsida o‘z debyutini nishonladi.
Biroq, 40 yoshli posbonning parijliklar safidagi debyuti biroz omadsiz kechdi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq jarimadan to‘p o‘tkazib yuborgan Buffon, 44-daqiqada yana o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Shundan so‘ng murabbiylar uni almashtirishdi va PSJ ikkinchi bo‘limda boshqa darvozabon bilan harakat qildi.
Uchrashuv esa 2:4 hisobida PSJning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Fikrlar