
Ana xolos! Buffon endi o‘rinbosar maqomida
Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning birinchi raqamli darvozaboni kim bo‘lishiga oydinlik kiritdi.
45 yoshli mutaxassisning so‘zlariga qaraganda parijliklarning birinchi raqamli darvozaboni Alfons Areola bo‘ladi. Buffon esa unga o‘rinbosar sifatida jamoaning ikkinchi darvozaboniga aylanadi.
Mutaxassisning Goal nashriga aytishicha, 40 yoshli futbolchi butun mavsum davomida jamoa darvozasini bir maromda qo‘riqlay olmaydi.
Fikrlar