Ana xolos! "Bunyodkor" Pro-ligaga ravona bo‘lishi mumkin, chunki...

  • 06.01.2019 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston professional futbol ligasi direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida PFLga FIFAdan xat kelgani va unda "Bunyodkor" jamoasi sobiq futbolchisidan bo‘lgan qarzdorlikni tez kunlarda bartaraf etmasa, Pro-ligaga tushirib yuborilishi haqida xabar kelgan.

"Yakshanba tongini yanvar misoli sovuq xabar bilan boshlaymiz. FIFA janobi oliylaridan O‘FA navbatdagi qo‘rqinchli maktubni qabul qilib oldi.

Unga ko‘ra, Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi ukrainalik legioner Sergey Simonenko oldidagi qarzlarini bir necha kun ichida to‘lamasa, endi biryo‘la Pro-liga “A” ishtirokchisiga aylanadi. Bungacha FIFA talabiga ko‘ra “Bunyodkor” 6 ochkodan mahrum qilingandi", - deydi Diyor Imomxo‘jaev o‘z sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
06/01/2019 10:59
Ишкилиб фифа умуман хамма мусобакалардан олиб ташламаса эди