Ana xolos! Riberi "Borussiya"dan uchralgan mag‘lubiyatga chiday olmadi va jurnalistga qo‘l ko‘tardi

  • 12.11.2018 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubi vingeri Frank Riberi Bundesliganing 11-turida "Borussiya" Dortmunddan (2:3) uchralgan mag‘lubiyatdan o‘ziga kela olmadi va beIN Sports muhbiri Patrik Gyuyuni urib yubordi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Gap shundaki o‘yindan so‘ng frantsiyalik futbolchi o‘ziga nisbatan jiddiy tanqidlarga uchradi va tabiiyki bundan norozi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” ayni damda 20 ochko bilan chempionatning 5-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!