Ana xolos! Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi
"Paxtakor" va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha u klub prezidenti maslahatchisi etib tayinlandi.
Samvel Babayan oldiga “Lokomotiv” PFK prezidenti Radjapov Mansur Kuchkarovich tomonidan quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yildi:
1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;
2. “Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;
3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Fikrlar