Ana xolos! Xames Rodriges terma jamoaga chaqirilmadi

  • 30.08.2018 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlaridagi Venesuela (7 sentyabr) hamda Argentina (12 sentyabr) terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirilmadi.

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Arturo Reyesning so‘zlariga ko‘ra murabbiylar shtabi 27 yoshli futbolchiga o‘zini tiklab olishi uchun biroz dam berishga qaror qilgan.

“Biz hozir uni chaqirishning vaqti emas deb hisobladik. Uning tezroq sog‘ayib, sport formasini tiklab olishiga imkon bermoqchimiz”, - deydi Reyes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!