
Anchelotti: "Napoli" uchta turnirda ham ishtirok eta oladi
“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining ishtirok etayotgan barcha turnirlarida g‘alaba qozona olishiga ishonmoqda.
– Men jamoadagilarga o‘z yo‘limizdan davom etishni va yuqorilash kerakligini aytdim. Jamoa ishtirok etayotgan uchta turnirda ham g‘alaba qozona oladi, – deydi italiyalik murabbiy Football Italia nashriga.
Eslatib o‘tamiz, neapoliklar “A” seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Evropa Ligasi 1/16 finalida uklar “Tsyurix” bilan kuch sinashsa, Italiya kubogi 1/4 yinalida “Milan” bilan taqnash keladi.
Fikrlar