Anchelotti: O‘yin taqdirini Ronaldu hal qildi

Kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Real” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng, myunxenliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz penaltini amalga oshira olmadik va 2:0 hisobida oldinga chiqib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdik. Tanaffusdan so‘ng esa ketma-ket 2ta to‘p o‘tkazib yubordik va bu yakunda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Bugun Krishtianu Ronaldu o‘yin taqdirini hal qildi. O‘ylaymanki biz uni qizil kartochkagacha yaxshi qo‘riqlay oldik. Javob o‘yinida biz uchun juda qiyin bo‘ladi. Ammo, bizda hali imkon bor va biz bundan foydalanishga harakat qilamiz. Bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan barcha narsani amalga oshiramiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Filip Lam "Bavariya"da yangi rekord o‘rnatdi

"Bavariya" o‘z maydonida "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!