Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasining asosiy maqsadi nima ekanligini aytdi
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko oldinda kutib turgan UEFA Millatlar ligasi musobaqasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Millatlar ligasi - bu ijobiy turnir. Endi har qanday terma jamoa o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlariga shunchaki qaramaydi. Ushbu musobaqa yirik musobaqaga yo‘llanma bergani uchun barcha bunga jiddiy yondoshadi. Men ham bu musobaqani qo‘llab-quvvatlayman.
Mening asosiy maqsadim qanday qilib bo‘lmasin Ukraina terma jamoasini Evro-2020ga olib chiqishdir. U xoh Millatlar ligasi orqali bo‘lsin, xoh saralashlar orqali bo‘lsin farqi yo‘q", - deydi Shevchenko.
Fikrlar