
Angliya Kubogi. “Lester” quyi divizion vakili bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Angliya Kubogi 1/16 finalida mamlakat chempioni “Lester” safarda quyi divizion vakili “Derbi” bilan o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi. O‘yin davomida “Lester” hisobni ikki marta ortda qolayotgandi, ammo yakunda jamao mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Reglamentga ko‘ra, durang qayd etilgan o‘yinda javob uchrashuvi o‘tkaziladi.
Derbi Kaunti – Lester 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8, avtogol Bent, 1:1 – 21 Bent, 2:1 – 40 Brayson, 2:2 – 86 Morgan.
Derbi Kaunti: Karson, Pirs, Kio, Olsson, Beyrd, Brayson (Kamara, 89), Jonson, Ins, Xyuz (Batterfild, 63), Rassell (Vydra, 84), Bent.
Lester: Shmeyxel, Xut, Morgan, Fuks (Grey, 46), Chiluell, Olbrayton (Musa, 74), Drinkuoter, King, Simpson, Vardi, Okadzaki (Marez, 64).
Ogohlantirish: Pirs (55).
Fikrlar