Angliya Kubogida kichik sensatsiya! “Liverpul” o‘z uyida quyi liga vakilini yuta olmadi
Angliya musobaqasining 3-bosqichida "Liverpul" jamoasi o‘z maydonida quyi liga vakili – "Plimut"ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi. Qayd etish kerakki, mersisaydliklar ikkinchi tarkib bilan o‘ynadi. Yurgen Klopp asosiy tarkibni "Manchester Yunayted"ga qarshi APL 21-tur o‘yiniga asragan.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini “Plimut” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Liverpul – Plimut 0:0 (0:0, 0:0)
"Liverpul": Karius, Aleksander-Arnold, Gomes, Moreno, Ejaria (Lallana, 75), Styuart, Jan (Starrij, 63), Leyva, Ojo, Vudbern (Firmino, 75), Origi.
"Plimut": Makkormik, Bredli, Songo’O, Perrington, Trelkeld, Keri, Foks, Miller (Smit, 76), Garita (Tenner, 65), Jervis, Slyu.



Fikrlar