Angliya liga kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

  • 20 dekabr, 2018, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Avval xabar berganimizdek kecha Angliya liga kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan bahslar o‘z nihoyasiga etdi. Unga ko‘ra "Tottenxem", "Manchester Siti", "Chelsi" hamda "Byorton Albion" jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra kecha ushbu jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra muxlislar 1/2 finalda "Tottenxem" va “Chelsi” ishtirokida London derbisiga guvoh bo‘lishadi. Ikkinchi yarim final juftligida esa "Manchester Siti" quyi divizion vakili hisoblangan "Byorton Albion"ga qarshi bahs yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya liga kubogining amaldagi g‘olibi bu “Manchester Siti” klubi hisoblanadi. “Shaharliklar” o‘tgan mavsum finalda “Arsenal”ni 3:0 hisobida taslim etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!